Maxfiylik siyosati

Bu sahifada HBR.uz saytidan foydalanganingizda qanday ma’lumotlar to‘planishi va qanday ishlatilishi tushuntiriladi.

Qanday ma’lumot to‘planadi

  • Server jurnali. Sayt sahifasini ochganingizda veb-server odatdagi texnik ma’lumotni yozib boradi: IP-manzil, so‘ralgan sahifa, vaqt, brauzer turi va qaysi saytdan kelganingiz. Bu ma’lumot kunlik umumiy statistikaga (tashriflar va sahifa ko‘rishlar soni) aylantiriladi. Alohida foydalanuvchi profili tuzilmaydi.
  • Uchinchi tomon analitikasi va reklama kuzatuvchilari ishlatilmaydi. Saytda Google Analytics, Yandex Metrika yoki reklama cookie’lari yo‘q.
  • Brauzerdagi sozlamalar. Tanlagan rang mavzusi (yorug‘ yoki qorong‘i) va valyuta kurslari ma’lumoti tezroq yuklanishi uchun brauzeringizning o‘zida (localStorage) saqlanadi. Ular serverga yuborilmaydi; brauzer sozlamalaridan o‘chirishingiz mumkin.
  • Telegram orqali obuna. Telegram botimiz orqali obuna bo‘lsangiz, xabar yuborish uchun Telegram foydalanuvchi identifikatoringiz va ismingiz saqlanadi. Obunani botda istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.
  • Bizga yozgan xatlar. info@hbr.uz manziliga yozgan xatingiz va manzilingiz faqat javob berish uchun ishlatiladi.

Ma’lumotlar kimga beriladi

Biz shaxsiy ma’lumotlarni sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga bermaymiz. Ma’lumot faqat qonunda belgilangan hollarda vakolatli davlat organlarining so‘roviga ko‘ra berilishi mumkin.

Saqlash va himoya

Sayt HTTPS orqali ishlaydi. Server jurnallari cheklangan muddat saqlanadi va muntazam o‘chirib boriladi. Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonuni talablariga muvofiq qayta ishlanadi.

Bog‘lanish

Shaxsiy ma’lumotlaringiz bo‘yicha savol yoki o‘chirish so‘rovi bo‘lsa, info@hbr.uz manziliga yozing.