Arxiv: Prezident Shavkat Mirziyoyev faoliyati
30.10.2026
Prezident Turkiyaga amaliy tashrifini yakunladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi. Uni Turkiya savdo vaziri Omer Bolat va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Prezident TDT sammitida nutq so‘zladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqarada bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida nutq so‘zladi. Nutqda tashkilot amaliy sheriklik maydoni sifatida ko‘rib chiqildi, “Turkiy dunyo – 100” dasturini qabul qilish taklif etildi.
Anqarada Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Anqarada Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi boshlandi. Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘gan uni kutib oldi.
Prezident Anadolu Group raisini qabul qildi
Prezident “Anadolu Group” xoldingi boshqaruv kengashi raisi Kamilxan Suleyman Yazijini qabul qildi.
Prezident EKSIM Holding raisini qabul qildi
Prezident “EKSIM Holding” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Ebubekir Tivniklini qabul qildi.
Prezident Evyap Holding vakilini qabul qildi
Prezident “Evyap Holding” kompaniyasi boshqaruv kengashi a’zosi O‘mer Evyapni qabul qildi.
Prezident OYAK kompaniyasi rahbarini qabul qildi
Prezident Turkiyaning “OYAK” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Murat Yalchintashni qabul qildi.
29.10.2026
Prezident TDT sammitining madaniy dasturida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Anqarada Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi bog‘ining ochilish marosimida hamda TDT sammitining madaniy dasturida ishtirok etdi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘gan muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar imzolanganini ma’lum qildi.
Biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kengash tashkil etiladi
Muzokaralar yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘gan Biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengashni ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar.
Prezident Anqarada Erdo‘gan bilan uchrashdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahrida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘gan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv rasmiy tashrif doirasida bo‘lib o‘tdi.
Prezident Anqarada Turkiyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi
Anqara shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi.
Prezident Turkiyaga amaliy tashrif bilan Anqaraga keldi
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga amaliy tashrif bilan Anqara shahriga keldi. Uni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi.